Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-09-28
Bu siyosat MEZON ilovasi (iOS va Android) hamda mezonfit.uz sayti qaysi shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plashini, ulardan nima uchun foydalanishini, kimga uzatishini va qancha saqlashini tushuntiradi.
1. Ma’lumotlar operatori
- Nomi: yakka tartibdagi tadbirkor Jabborov Jamshidjon Rustamovich
- STIR (JSHSHIR): 32901901130027
- Manzil: Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani, Qorovulbozor, Begzod ko‘chasi, 5/1
- E-pochta: support@mezonfit.uz
- Telegram orqali yordam: @mezon_support
2. Qanday ma’lumotlarni to‘playmiz
Akkaunt. Kirish usuliga qarab: e-pochta manzili (e-pochta kodi, Google yoki Apple orqali kirishda), Apple, Google yoki Telegram akkauntingizdagi ism va identifikator. Telegram orqali kirsangiz, profil rasmingiz havolasi va, ruxsat bersangiz, telefon raqamingiz ham keladi. Telefon raqamini profilda o‘zingiz ham kiritishingiz mumkin. U tasdiqlanmaydi va kirish uchun ishlatilmaydi.
Tana profili va o‘lchovlar. Jins, tug‘ilgan sana, bo‘y, maqsad vazni, maqsad va sur’at, faollik darajasi, mashg‘ulot tajribasi, bo‘yin, bel va son o‘lchamlari hamda ularning tarixi. Bular kunlik kaloriya va makro me’yoringizni hisoblash uchun kerak.
Kundalik. Yegan taomlaringiz (mahsulot, gramm, ovqatlanish), suv, vazn, maqsadlar hamda o‘zingiz qo‘shgan mahsulot, taom va ovqatlanishlar.
Sog‘liq ma’lumotlari (Apple Health / Health Connect). Ruxsat bersangiz, ilova qadam va uyqu ma’lumotlarini qurilmangizda o‘qiydi. Ularga hech narsa yozmaydi. Xom sog‘liq ma’lumotlari serverga yuborilmaydi, faqat ikkita hosila qiymat yuboriladi:
- profilni to‘ldirishda — so‘nggi 7 kundagi o‘rtacha qadam soni. U tana profilingizda saqlanadi va AI-yordamchiga yuboriladigan ma’lumotlarga kiradi (5-bo‘lim);
- uyqu vaqtingizdan hisoblangan eslatma vaqti — bildirishnomani qachon yuborishni bilish uchun.
Sog‘liq ma’lumotlari reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi.
AI-yordamchi. Savollaringiz, javoblar va javobni tayyorlash uchun yuborilgan ma’lumotlar to‘plami (5-bo‘lim).
Yorliq skaneri. Mahsulot yorlig‘ining surati faqat kameradan olinadi, tahlilga uzatiladi va bizda saqlanmaydi. Biz faqat natija (muvaffaqiyatli yoki xato) va vaqtni saqlaymiz. Shtrix-kod skanerlanganda serverga faqat uning raqamlari yuboriladi.
Qidiruv. Mahsulot qidiruvidagi so‘rov matni, natijalar soni va tanlangan mahsulot — qidiruvni yaxshilash uchun.
Bildirishnomalar. Qurilma identifikatori, push-token, platforma, til, vaqt mintaqasi va eslatma vaqtlari.
Obuna va to‘lovlar. Sinov muddati tugaydigan sana, to‘langan muddatning oxiri, to‘lov summasi, sanasi va tarifi. Karta ma’lumotlaringiz bizga kelmaydi: to‘lov ilovadan tashqarida, to‘lov tizimida amalga oshiriladi.
Texnik ma’lumotlar. Seanslar (token xeshlari, qurilma identifikatori, User-Agent), kirish kodi so‘ralgan IP manzil, server jurnallaridagi IP manzil, brauzer yoki ilova ma’lumoti va so‘ralgan sahifa.
Qurilmangizda. Seans, sozlamalar, oflayn navbat va keshlar qurilmangizning o‘zida saqlanadi.
Foydalanish statistikasi. Ilovadan qanday foydalanilishini tushunish uchun ilova birinchi ochilganidan boshlab Yandex AppMetrica’ga harakatlar yuboriladi: qaysi ekran ochilgani, ro‘yxatdan o‘tish va kirish usuli, yozuv qo‘shilgani va uning turi (suv uchun millilitr ham; taom nomi, gramm, kaloriya va vazn qiymati yuborilmaydi), funksiyalardan foydalanish natijasi, akkauntdan chiqish va uni o‘chirish. AI-yordamchiga berilgan savol matni yuborilmaydi. AppMetrica qurilma modeli, operatsion tizim va ilova versiyasi, til, IP manzil bo‘yicha taxminiy shahar va o‘zining qurilma identifikatorini ham oladi.
Xato hisobotlari. Ilova ishdan chiqsa yoki xato bersa, Sentry’ga hisobot yuboriladi: xato matni, qurilma modeli, operatsion tizim va ilova versiyasi, xatodan oldin ochilgan ekranlar va so‘rov manzillari (parametrlarsiz). Server xatolari ham Sentry’ga yuboriladi, so‘rov mazmunisiz.
Akkaunt ma’lumotlaridan ikkala xizmatga faqat ichki identifikator yuboriladi. Ism, e-pochta, skrinshotlar va reklama identifikatori (IDFA/GAID) yuborilmaydi.
Biz reklama ko‘rsatmaymiz, ma’lumotlaringizni reklama uchun ishlatmaymiz va sotmaymiz.
3. Maqsad va huquqiy asos
Ma’lumotlaringizdan quyidagilar uchun foydalanamiz: akkaunt yaratish va kirish, kundalikni saqlash va qurilmalar orasida sinxronlash, me’yorlarni hisoblash, AI-yordamchi va skaner ishi, eslatmalar, obuna muddatini yuritish, yordam ko‘rsatish, xavfsizlik va suiiste’molning oldini olish, xatolarni tuzatish, qaysi funksiyalardan foydalanilishini bilish, qidiruv va mahsulot bazasini yaxshilash.
Asos — ro‘yxatdan o‘tishda bergan roziligingiz, sog‘liq ma’lumotlariga kirish uchun alohida ruxsatingiz, Foydalanish shartlarini va pullik muddat uchun Ommaviy ofertani bajarish. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
4. Kimga uzatiladi
- netcup GmbH (Germaniya) — server va ma’lumotlar bazasi. Akkaunt, kundalik va xizmatning boshqa ma’lumotlari shu yerda saqlanadi.
- Replicate, Inc. (AQSh) — AI-yordamchi so‘rovlari (5-bo‘lim) va yorliq suratlari. Replicate ularni Google’ning Gemini modeli orqali qayta ishlaydi.
- Expo (AQSh) → Apple Push Notification service va Firebase Cloud Messaging — push-token va bildirishnoma matni. Kechki eslatmada kunlik kaloriya va taom taklifi bo‘lishi mumkin.
- Apple, Google, Telegram — faqat kirish uchun. Ular bizga identifikator, e-pochta va ism beradi; Telegram — profil rasmi havolasi va ruxsat bilan telefon raqami.
- Yandex AppMetrica («YANDEX» MChJ, Rossiya) — foydalanish statistikasi (2-bo‘lim). Ma’lumotlar uning maxfiylik siyosati bo‘yicha qayta ishlanadi.
- Sentry (Functional Software, Inc., AQSh; ma’lumotlar Germaniyada saqlanadi) — ilova va server xatolari hisobotlari (2-bo‘lim).
- E-pochta yuborish xizmati — kirish kodi xatlari: Brevo (Fransiya).
- Cloudflare R2 — shifrlangan zaxira nusxalar, AQSh hududida.
- To‘lov tizimi — to‘lovning o‘zi, ilovadan tashqarida: Rahmat («MULTICARD PAYMENT» AJ), O‘zbekiston. Karta ma’lumotlari uning maxfiylik siyosati bo‘yicha qayta ishlanadi.
Ma’lumotlarga faqat vakolatli jamoa a’zolari kira oladi. O‘zingiz qo‘shgan mahsulotlarni jamoa ko‘rib chiqib, umumiy mahsulot bazasiga sizning ismingizsiz qo‘shishi mumkin.
5. AI-yordamchi va sog‘liq ma’lumotlari
AI-yordamchiga savol berganingizda Replicate’ga savolingiz va quyidagi ma’lumotlar yuboriladi: jins, to‘liq yillardagi yosh (tug‘ilgan sana emas), bo‘y, maqsad vazni, maqsad, faollik darajasi, o‘rtacha qadam soni (Health ruxsati bo‘lsa), vazn yozuvlari va ularning o‘zgarishi, kundalik xulosalari (o‘rtacha qiymatlar, ovqatlanishlar ulushi, ko‘p yeyiladigan taomlar, 7, 30 va 90 kun bo‘yicha kunlik jamlar), suv va maqsadlar. Ismingiz, e-pochtangiz va akkaunt identifikatoringiz yuborilmaydi.
Savol, javob va yuborilgan ma’lumotlar to‘plami akkauntingizda, uni o‘chirguningizcha saqlanadi. Replicate va Google so‘rovlarni o‘z qoidalariga ko‘ra saqlashi mumkin: Replicate so‘rov, javob va loglarni bir soatdan keyin avtomatik o‘chiradi, Google tomonidagi muddat esa Google qoidalari bilan belgilanadi.
Yorliq surati tahlil uchun Replicate’ga yuklanadi. Tahlildan keyin yuklangan faylni o‘chirishga harakat qilamiz.
AI javoblari tibbiy maslahat emas.
6. Qayerda saqlanadi
Serverlarimiz Germaniyada joylashgan (netcup). Xato hisobotlari ham Germaniyada (Sentry), foydalanish statistikasi esa Yandex’ga (Rossiya) uzatiladi. Zaxira nusxalar Cloudflare R2’da, AQSh hududida saqlanadi.
7. Saqlash muddatlari
- Akkaunt, profil, kundalik, o‘lchovlar, AI savol-javoblari, obuna va to‘lov yozuvlari — akkauntni o‘chirguningizcha. Kundalikni akkauntni o‘chirmasdan ham tozalash mumkin.
- Seanslar — muddati tugaganidan keyin 30 kun.
- Kirish kodi so‘rovlari (e-pochta va IP) — muddati tugaganidan keyin 7 kungacha.
- Qidiruv so‘rovlari — 90 kun.
- Server jurnallari (IP manzil) — 30 kun.
- Zaxira nusxalar — taxminan 8 haftagacha, keyin avtomatik o‘chadi.
- Xato hisobotlari (Sentry) — 30 kun.
- Foydalanish statistikasi (AppMetrica) — biz xizmatdan foydalanayotgan davr mobaynida.
Akkaunt o‘chirilgandan keyin xato hisobotlari va statistika ichki identifikator bilan shu muddatlar tugaguncha qoladi. Ular orqali sizni ism yoki e-pochta bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi.
8. Akkauntni o‘chirish
Akkauntingizni ilovaning o‘zida istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin. U darhol va butunlay o‘chiriladi. Qadamlar va nimalar qolishi Akkauntni o‘chirish sahifasida.
9. Huquqlaringiz
Siz qaysi ma’lumotlaringiz qayta ishlanayotganini bilish, ularning nusxasini olish, tuzatish, o‘chirish va roziligingizni qaytarib olish huquqiga egasiz. Profil ma’lumotlarini ilovada o‘zingiz tahrirlaysiz. Sog‘liq ma’lumotlariga ruxsatni telefon sozlamalarida istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin. So‘rovlar uchun support@mezonfit.uz yoki Yordam sahifasidagi Telegram’ga yozing. Shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga shikoyat qilish huquqingiz ham bor.
10. Bolalar
Ilova 16 yoshdan kichik shaxslar uchun mo‘ljallanmagan.
11. Sayt
mezonfit.uz cookie, analitika va reklama kuzatuvchilarisiz ishlaydi. Server jurnali IP manzil, brauzer ma’lumoti va so‘ralgan sahifani 30 kun saqlaydi. Sahifa do‘kon havolalari va yordam kontaktlarini api.mezonfit.uz’dan oladi. Bu so‘rov ham shu tartibda jurnalga yoziladi. Shriftlar o‘z serverimizdan yuklanadi.
12. O‘zgartirishlar
Siyosat o‘zgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim o‘zgarishlar haqida ilovada yoki saytda xabar beramiz.