Akkauntni o‘chirish
Yangilangan: 2026-09-28
MEZON akkauntingizni istalgan vaqtda ilovaning o‘zida o‘chirishingiz mumkin. Akkaunt darhol va butunlay o‘chiriladi: kutish muddati yo‘q, qayta tiklab bo‘lmaydi.
Ilovada
- Pastki paneldagi «Profil» bo‘limini oching.
- Yuqoridagi profil rasmingizga (avatar) bosing — akkaunt ekrani ochiladi.
- «Akkauntni o’chirish» tugmasini bosing.
- «Akkaunt o’chirilsinmi?» oynasida «O’chirish» ni tanlang.
Faqat ovqat va suv yozuvlarini o‘chirib, akkauntni saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz: «Sozlamalar» → «Kundalikni tozalash» → «Tozalash». Vazn, maqsadlar va o‘z mahsulotlaringiz qoladi.
Ilovaga kira olmasangiz
Akkauntingizga bog‘langan e-pochtadan support@mezonfit.uz manziliga yoki Yordam sahifasidagi Telegram’ga «Akkauntni o‘chirish» deb yozing. Akkaunt sizniki ekanini tasdiqlaganimizdan keyin uni o‘chiramiz va javob yozamiz.
Nima o‘chiriladi
Akkaunt va kirish usullari, profil va tana o‘lchovlari, kundalik (ovqat, suv, vazn), maqsadlar, o‘zingiz qo‘shgan mahsulot, taom va ovqatlanishlar, AI-yordamchi savol-javoblari, bildirishnoma tokenlari, seanslar, obuna va to‘lov yozuvlari.
Nima qoladi va qancha
- Umumiy mahsulot bazasiga qo‘shilgan mahsulotlaringiz nusxasi — ismingizsiz, muddatsiz.
- Kirish kodi so‘rovlari (e-pochta va IP) — 7 kungacha.
- Akkauntga bog‘lanmagan qidiruv so‘rovlari — 90 kungacha.
- Server jurnallari (IP manzil) — 30 kungacha.
- Xato hisobotlari (Sentry) — ichki identifikator bilan, 30 kungacha.
- Foydalanish statistikasi (AppMetrica) — ichki identifikator bilan, biz xizmatdan foydalanayotgan davr mobaynida.
- Zaxira nusxalar — taxminan 8 haftagacha, keyin avtomatik o‘chadi.
- Replicate tomonidagi AI so‘rovlari — ularning qoidalariga ko‘ra: bir soatdan keyin avtomatik o‘chadi; Google tomonida — Google qoidalariga ko‘ra.
- Qurilmangizdagi keshlar — ilovani o‘chirganingizda ketadi.
Batafsil: Maxfiylik siyosati.