Foydalanish shartlari
Yangilangan: 2026-09-28
Bu shartlar MEZON ilovasi (iOS va Android) va mezonfit.uz saytidan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Pullik muddat sotib olish shartlari — Ommaviy ofertada (10-bo‘lim).
Ijrochi: yakka tartibdagi tadbirkor Jabborov Jamshidjon Rustamovich, STIR 32901901130027, manzil: Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani, Qorovulbozor, Begzod ko‘chasi, 5/1, e-pochta: support@mezonfit.uz.
1. Xizmat
MEZON — kaloriya va ovqatlanish kundaligi: mahsulot bazasi, ovqat, suv va vazn kundaligi, kunlik me’yorni hisoblash, AI-yordamchi, yorliq skaneri va eslatmalar.
2. Akkaunt
Kirish uchun e-pochta kodi, Apple, Google yoki Telegram’dan foydalanasiz. Akkaunt faqat sizniki. Kirish ma’lumotlaringiz va qurilmangiz xavfsizligi uchun o‘zingiz javob berasiz. Profilga to‘g‘ri ma’lumot kiriting: me’yorlar shunga qarab hisoblanadi.
3. Tibbiy maslahat emas
Ilova tibbiy buyum emas va shifokor o‘rnini bosmaydi. Kaloriya va makro me’yorlari formulalar asosidagi taxminiy qiymatlardir. AI-yordamchi javoblari umumiy ma’lumot uchun berilgan va xato bo‘lishi mumkin. Mahsulotlarning ozuqaviy qiymati qadoqdagi ma’lumotdan farq qilishi mumkin. Kasallik, homiladorlik, ovqatlanish xulqi buzilishi bo‘lsa yoki parhezni keskin o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, avval shifokor bilan maslahatlashing.
4. Sinov muddati va to‘lov
- Ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin bepul sinov muddati boshlanadi. Karta talab qilinmaydi. Muddat ilovada ko‘rsatiladi (hozir 15 kun).
- Sinovdan keyin ilovadan to‘liq foydalanish uchun oldindan to‘lanadigan muddat (1, 6 yoki 12 oy) sotib olinadi. Narxlar ilovada va mezonfit.uz’da ko‘rsatiladi.
- Avtomatik yechib olish yo‘q. Muddat tugaganda pul o‘zidan-o‘zi olinmaydi. Davom ettirish uchun yangi muddatni o‘zingiz to‘laysiz. Joriy muddat tugamasdan to‘langan yangi muddat uning oxiriga qo‘shiladi.
- Narx o‘zgarsa, allaqachon to‘langan muddatga ta’sir qilmaydi.
- To‘lov tartibi va pulni qaytarish Ommaviy ofertada yozilgan.
- Sinov yoki to‘langan muddat tugagach, ilova funksiyalariga kirish cheklanishi mumkin. To‘lov qilgan foydalanuvchilarga cheklovdan oldin 3 kunlik imtiyozli davr beriladi. Cheklov kirishni yopadi, ma’lumotlarni emas: kundaligingiz o‘chirilmaydi va to‘lovdan keyin to‘liq qaytadi.
5. Siz qo‘shgan ma’lumotlar
O‘zingiz qo‘shgan mahsulot, taom va ovqatlanishlar boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi. Jamoamiz ularni ko‘rib chiqib, umumiy mahsulot bazasiga sizning ismingizsiz qo‘shishi mumkin. Mahsulot qo‘shish orqali siz bizga undan shu maqsadda bepul foydalanish huquqini berasiz. Akkauntingizni o‘chirsangiz, bazaga qo‘shilgan nusxa qoladi.
6. Taqiqlangan harakatlar
- ilovani buzish, dekompilyatsiya qilish yoki himoyasini chetlab o‘tish;
- mahsulot bazasini avtomatik vositalar bilan ko‘chirib olish;
- serverlarga ortiqcha yuklama berish;
- birovning akkauntiga kirish;
- to‘lov tartibini chetlab o‘tish;
- xizmatdan qonunga zid maqsadlarda foydalanish.
Bu qoidalar buzilsa, akkaunt bloklanishi mumkin.
7. Javobgarlikni cheklash
Ilova «boricha» taqdim etiladi. Uzluksiz va xatosiz ishlashini kafolatlamaymiz, lekin xatolarni imkon qadar tez tuzatamiz. Ilova ma’lumotlari asosida qabul qilingan sog‘liq va ovqatlanish bo‘yicha qarorlar hamda bilvosita zararlar uchun qonun yo‘l qo‘ygan doirada javobgar emasmiz.
8. Akkauntni o‘chirish va bloklash
Akkauntingizni istalgan vaqtda ilovada o‘chirishingiz mumkin: Akkauntni o‘chirish. Shaxsga doir ma’lumotlar bilan qanday ishlashimiz Maxfiylik siyosatida yozilgan.
9. O‘zgartirishlar
Shartlar o‘zgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim o‘zgarishlar haqida ilovada yoki saytda oldindan xabar beramiz. O‘zgarishdan keyin foydalanishni davom ettirish yangi shartlarga rozilik hisoblanadi.
10. Shartnoma va oferta
Bu shartlar qo‘shilish shartnomasi hisoblanadi (FK 360-modda): ilovada ro‘yxatdan o‘tish ularni to‘liq qabul qilganingizni bildiradi. Pullik muddat sotib olish Ommaviy oferta bilan tartibga solinadi: muddat uchun to‘lov ofertaning akseptidir.
11. Nizolar va qo‘llaniladigan huquq
Shartlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo‘llaniladi. Nizolar avval muzokara yo‘li bilan hal qilinadi, kelishilmasa — O‘zbekiston Respublikasi sudlarida.
12. Aloqa
support@mezonfit.uz yoki Yordam sahifasidagi Telegram.